Toshkentda ikki nafar soxta IIO xodimi ushlandi (video)
3-sahifa
−
21 noyabr
5209Toshkent shahrida Ichki ishlar organlari formasini kiygan ikki nafar soxta xodimlar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar boshqarmasiga Sergeli tumanida 2 nafar shaxs Ichki ishlar organlari formasini kiygan holda o‘zlarini shubhali tutayotgani haqida xabar kelib tushgan. Olingan ma’lumot asosida mazkur 2 nafar shaxs ushlangan va surishtiruv olib borilganida ular Ichki ishlar organlari xodimi emasligi aniqlangan. Xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda muqaddam bir necha bor sudlangan bu shaxslar oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur ikki fuqaro yonidan topilgan dorilar ekspertizaga topshirilgan va shaxslarning xatti-harakati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi belgilangan.
“Hurmatli fuqarolar! Mazkur ikki shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBga murojaat qilishngizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida Milliy gvardiyaning soxta xodimi qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr