Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus YTHga uchradi (video)
Jamiyat
−
19 fevral
13670Toshkent shahar Sergeli tumanida elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urildi. Mazkur holatga “Toshshahartransxizmat” izoh berdi.
Qayd etilishicha, 19 fevral kuni soat 12:30 larda, “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli, 40-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q (staji 33 yil) boshqaruvidagi elektrobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko‘ra qon bosimining oshgani sababli boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
"Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi