Toshkentda fuqaroni 605 mln so‘mga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Kecha, 1 may kuni Toshkentda 5 ta mashina olib berishni va’da qilib, fuqaroni aldab ketgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 9 yanvar kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi O.R. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.K.ga 5 ta avtomashina olib berishini va’da qilib, undan jami 69 000 AQSH dollari (hozirgi kurs bilan 582 mln 705 ming so‘m) va 22 400 000 so‘m pul olgan. O.R. bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Hozirda O.R. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing