Toshkentda erkak to‘rt yashar nabirasini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak bolani yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi. 


Aniqlanishicha, holat joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. Nafaqadagi fuqaro M.A. 2020 yilda tug‘ilgan nabirasi A.A. (o‘g‘il bola) bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqanda bolakay yugurib, uzoqqa ketib qolgan. Bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan. So‘ng, uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasining turli joylariga bir necha bor urgan.

“Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent erkak to'rt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing