Toshkentda erkak 4 nafar oila a’zosini pichoqladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 21 iyul kuni Toshkent shahrida erkak oilaviy janjal sabab ayoli, voyaga yetmagan farzandi, qaynonasi va singlisini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR’UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 21:10 da Chilonzor tumanining 7-mavzesida sodir bo‘lgan. Mazkur hududda yashovchi 33 yoshli fuqaro D.S. turmush o‘rtog‘i D.S. bilan oilaviy nizo sababli o‘zaro janjallashib qolgan.

Oqibatda er oshxona pichog‘i bilan xotini, 7 yoshli farzandi, ushbu xonadonda yashab kelayotgan qaynonasi va singlisining turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirishga harakat qilgan.

21 iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

714

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing