Toshkentda elektrobus qaysi yo‘nalishda harakatlanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2019
7006Avvalroq, Belarus Respublikasining “Belkommunmash” kompaniyasining Ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobusi olib kelingani va sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri — 41-“Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida harakatlanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” Matbuot xizmati xabar berdi.
“Ushbu transport vositasini yo‘nalishga biriktirish oldidan mutaxassislar tomonidan elektrobusning texnik imkoniyatlari, quvvat sarfi o‘rganildi. Buning uchun u bir necha yo‘nalishlarda harakatlantirib ko‘rildi. Shundan kelib chiqib poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri — 41-“Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishi elektrobusni sinovdan o‘tkazish uchun har taraflama qulay, deb topildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlash joizki, Chilonzor buyum bozori oldidagi tirbandlikni inobatga olib, elektrobus “Chilonzor buyum bozori”dan qaytishda qo‘shimcha yo‘ldan emas asosiy yo‘ldan harakatlanadi.
Elektrobus joriy yil 14 sentyabrdan yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi.
LiveBarchasi