Toshkentda ehson qutisini o‘marib ketgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yonida o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlab ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni soat taxminan 18.00 da noma’lum shaxs Yangihayot tumanidagi Tashabbus mahallasi hududidagi do‘konlarning biri oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan fuqaro aniqlanib, qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi tomonidan ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ehson qutisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing