Toshkentda COVID-19 ga test olinadigan mobil punktlar tashkil qilinyapti
Jamiyat
−
29 iyul 2020 7774 1 daqiqa
Toshkent shahrida holidan COVID-19 ga test olish va inson salomatligi hamda Immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda.
Toshkent shahri, Yunusobod tumani “Oloy” bozori avtoturargoh hududida shakllantirilayotgan ushbu punktlarda COVID-19 ga test topshirish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali bilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Bunday markazlar tumanning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 29 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 nafarni tashkil etmoqda. 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan. 128 kishi vafot etgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust