Toshkentda bolani urgan bog‘cha xodimasi yana ishga olindimi? (video)
3-sahifa
−
24 aprel
3463
Avvalroq, QALAMPIR.UZ’ga Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Magic World” xususiy bog‘chasining xodimasi tarbiyalanuvchi bolalardan birini urgani iddao qilingan videomurojaat kelib tushgan edi. Murojaatda ushbu u bog‘cha direktorining singlisi ekani aytilgandi. Voyaga yetmagan bolaga qo‘l ko‘targan xodima ishdan olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bola huquqlari bo‘yicha vakilga poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi G.A. ismli ayoldan joriy yilning 13 mart kuni voyaga yetmagan, 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga borgan vaqtida muassasa administratori U.I. ismli 1989 yilda tug‘ilgan ayol urib, jarohat yetkazganini ma’lum qilgan. Murojaatda bolaning onasi U.I. bolaga nisbatan qilgan nomaqbul muomalasi uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, xodima ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyatini davom ettirayotganini atroflicha o‘rganishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida IIV va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganilgan. Aniqlanishicha, administrator lavozimida ishlab kelgan U.I. 7 yoshli V.D.ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib, qasddan urib, tarbiyalanuvchiga sog‘lig‘ining qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmagan yengil tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida ma’muriy javobgarlikka oid ish materiallari sudga yuborilib, joriy yilning 26 mart kuni sud tomonidan tarbiyachiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi bo‘yicha jarima jazosi qo‘llangan. Shuningdek, o‘sha kuniyoq U.I. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilinib, uning mazkur muassasadagi faoliyati yakunlangan.
LiveBarchasi