Toshkentda bir sutkada 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
20 mart 2021
8796Kecha, 19 mart kuni O‘zbekistonda 126 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 81 221 nafarni tashkil etyapti.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari yana quyidagi hududlarda aniqlangan:
• 1 nafar Andijon viloyatida,
• 5 nafar Buxoro viloyatida,
• 1 nafar Jizzax viloyatida,
• 1 nafar Samarqand viloyatida,
• 1 nafar Surxondaryo viloyatida,
• 1 nafar Xorazm viloyatida,
• 10 nafar Toshkent viloyatida,
Kecha kun davomida jami 77 nafar bemor: 6 nafari Samarqand, 9 nafari Toshkent viloyati va 62 nafari Toshkent shahrida sog‘aygan.
Hozirda O‘zbekistondakasallikdan sog‘ayganlar jami 79708 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 891 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi