Toshkentda bir necha ko‘chalar yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 1 aprel kuni duatlon bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan bir nechta ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yosh yigit-qizlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Shu sababli quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

  • Soat 07:00 dan 08:00 gacha – Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;
  • 08:00 dan 12:00 gacha – Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida  har ikki yo‘nalishda to‘liq;
  • 08:00 dan 12:00 gacha – Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

“Haydovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilamiz”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri duatlon Yangi O'zbekiston bog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made