Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi
Jamiyat
−
12:25 1027 1 daqiqa
Bugun, 28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu mahobatli majmuada O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik tarixi, buyuk allomalar va jahongir ajdodlarning siymolari, yurt taraqqiyotidagi muhim voqealar o‘z ifodasini topgan.
.jpg)
Monument cho‘qqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik g‘oyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etgan.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga Prezident boshchiligida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar va ziyolilar yig‘ilgan hamda qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida vatan fidoyilari haqiga Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qilgandi.
Live
Barchasi