Shavkat Mirziyoyev hamda Narendra Modi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi
Jamiyat
−
29 avgust 4757 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, an’anaga ko‘ra, oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.

Shuningdek, majmua bilan qisqacha tanishuv davomida ushbu me’moriy ansamblning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib kelgandi.
Live
Barchasi