Toshkentda bir necha fuqarolar o‘zaro janjallashdi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 mart kuni taxminan soat 16.00 larda Toshkent shahri Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-berk ko‘chasida 5 nafar fuqarolar 1986 yilda tug‘ilgan E.A. va 1993 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘zaro janjallashib ketgani aniqlangan. 

Janjal oqibatida E.A. va X.A.lar tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.

"Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal 11-sinf o‘quvchisining o‘limi bilan yakunlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal fuqarolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing