Toshkentda bir kunda ikkita avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 15 iyun kuni Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi Mercedes-Benz rusumli avtobus va mikroavtobus yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea soat 11:30 larda Uchtepa tumani Toshkent xalqa aylanma yo‘li ko‘chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida sodir bo‘lgan. Yong‘inga Mercedes-Benz rusumli transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in oqibatida avtobus to‘liq yonib ketgan.

“Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfkor ko‘chasida, Mercedes-Benz rusumli yana bir avtobusda yong‘in kelib chiqqan. Kuchli yong‘in avtobusni butunlay qamrab olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yong‘in xavfsizligi qutqaruv guruhi yong‘inni tezda bartaraf etgan.

Yong‘in sabablari, jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida UAZ transport vositasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus yonib ketdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made