Toshkentda avtobusda poyga uyushtirgan “Shumaxerlar” jarimaga tortildi
Jamiyat
−
13 dekabr 2020
12490Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 14:50 larda “4–Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi 38-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi hamda “12–Avtobus saroyi” MCHJga biriktirilgan 58-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi Shota Rustaveli ko‘chasida kim o‘zarga xarakatlanib, avariya sodir qilgan.
Ma’lum qilinishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ Yulovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchilar aniqlangan.
Yo‘lovchilar xayotini xavf ostiga qo‘ygani va avariya holatini sodir etgani uchun ikki haydovchiga nisbatan joriy yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1285 moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda poyga uyushtirgan yana bir boshqa avtobus egalari haydovchilik huquqidan mahrum qilingandi.
LiveBarchasi