Toshkentda avtobus urilgan bekat yo‘lovchini bosib qoldi
3-sahifa
−
26 may 2025 6195 1 daqiqa
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bekatlardan birida o‘tirgan yigit avtobus kelib urilishi oqibatida bekat ostida qoldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, holat 20 may kuni soat 22:00 atrofida Qurilish shaharchasi qarshisidagi O‘rikzor markazi bekatida sodir bo‘lgan. 27 yoshli yigit avtobus kutayotgan bo‘lgan. Avtobus kelib urilishi oqibatida uning ustiga bekat temirlari tushib ketgan.
“Avtobus kutib o‘tirgandim. Haydovchi uxlab qolib, bekatni buzib o‘tib ketdi. Xudo bir asradi. Faqat bosh yorildi. To‘g‘risi, kim yordam ko‘rsatgani esimda yo‘q. Bekat tagidan emaklab chiqib oldim. Bolalar keldi, qonlarni artishdi, suv berishdi, chekkaga o‘tqazib qo‘yishdi va tez tibbiy yordam chaqirishdi”, deydi jabrlanuvchi yigit.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 aprel kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va uch nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgandi. Cobalt mashinasi yo‘l yuzasidagi sun’iy chuqurga tushishi oqibatida g‘ildiraklari yorilib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.
Live
Barchasi