Toshkentda avtobus mast erkakni urib yubordi

Jamiyat

image

Kecha, 20 noyabr kuni Toshkent shahrida 82-sonli avtobus va fuqaro ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar berdi. 

Unga ko‘ra, kecha soat 17:37 larda "8-avtobus saroyi" filialiga qarashli 82-sonli Yutong CNG avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaroni urib yuborgan. Holat avtobus Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida sodir bo‘lgan.

47 yoshli fuqaro tan jarohati olgani sababli voqea joyiga tez yordam chaqirilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent aeroportida avtobus samolyotga borib urilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing