Toshkentda avtobus ag‘darildi. Jarohatlanganlar bor
Jamiyat
−
26 avgust 2019
6375Joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent shahrida avtobus ag‘darilishi natijasida 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
24 avgust kuni soat 18:30 larda Sergeli tumani Nilufar tor ko‘chasida yashovchi, “12-sonli avtobus saroyi” AJ haydovchisi 57 yoshli F.M. 104-yo‘nalishidagi Isuzu rusumli avtobusni Sergeli tumanidagi Xonobodtepa ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida avtobusning old chap tomon ressor qismi sinib ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni eplay olmagan va avtobus ag‘darilib ketgan.
Natijada avtobusning 2 nafar yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashovchi 59 yoshli G.X. ismli ayol va Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 2015 yilda tug‘ilgan Z.P. ismli qizlar jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Yana avtobusdagi 6 nafar yo‘lovchiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Shuningdek, avtobusning qolgan yo‘lovchilari hech qanday tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi