Toshkentda avtobus ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 6 mart kuni Toshkentda avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida ikki kishi jabrlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “18-avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi 27-sonli, “Chorsu  savdo markazi — Ko‘kcha oqlon mahallasi” yo‘nalishida harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus YTHga uchragan. “Nurafshon” ko‘chasida harakatlayotgan avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.

YTH natijasida ikki kishi yengil jarohat olgan. Hodisaning sababi hozircha bildirilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing