Toshkentda auksion o‘yinlarida yer olib berish uchun 1,5 million dollar so‘ragan fuqaro ushlandi (video)
3-sahifa
−
09 Sentabr
4531Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi 5 gektarga yaqin yer maydonlarini mansabdor tanishlari va auksion o‘yinlari orqali olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 avgust kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti DXX, Bosh prokuratura iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Qibray tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda tumandagi Yakkatut mahallasidan hokimlik zaxirasidagi 3,5 gektar yer maydonini auksion o‘yinlar yordamida olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. U hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1,5 million dollar talab qilib, shundan bo‘nak tariqasida 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Qibray tumanida yashovchi ikki fuqaro esa Bo‘stonliq tumani davlat zaxirasidagi 1,2 gektar qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonini 384 ming dollarga sotishga kelishgan. Ular yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari orqali yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 20 ming dollarni bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda noqonuniy ravishda qum qazib olish holatini, Surxondaryo viloyatida esa qurilish ishlari bo‘yicha jinoyatni oshkor qilmaslik uchun pora olgan mansabdor shaxslar qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi