Xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi
Jamiyat
−
20 aprel 2020
608082020 yil 20 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1582 nafarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq, bir oydan oshiq vaqtdan keyin ilk bor koronavirusga chalinganlar soni o‘zgarishsiz qolgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 238 nafari butunlay sog‘aydi, 5 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi