Toshkentda aholi orasida 9 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 may 2020
105222020 yil 30 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 nafarga ko‘payib, 3523 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 726 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi