Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kredit olgan firibgar ayol qamaldi
3-sahifa
−
27 aprel
8789Toshkent shahrida 40 yoshli ayol firibgarlik yo‘li bilan 83 kishining nomiga kredit evaziga mahsulotlarni xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ayol o‘z jinoyatlarini 1995 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki sudlanuvchi yigit bilan birga sodir etgan. Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayol shu vaqtgacha 12 marta sudlangan.
“Fuqarolarning nomiga kredit olish bilan shug‘ullanganman. Jinoyat sodir etganimni tan olaman”, deydi sudlanuvchi ayol.
Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 26 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘yish yo‘li bilan ayol 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchi yigitlarning har biriga esa 5 yilu 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr