Toshkentda 6 ta xonadon yonib ketdi
Jamiyat
−
19 mart 2019
8886Kecha, 18 mart kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan “Oqlon” mahallasida 6 ta uy birdan yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
18 mart kuni soat 11:25da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida 8 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 11:29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 12:05 da qurshab olingan va soat 12:34 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy ko‘chasidagi 2 ta xondonlarda jami 380 kv metr maydonda tom qismilari va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 500 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Yong‘in kelib chiqishiga taxminiy sabab sifatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi ko‘rsatilmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi