Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi dars paytida vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatni tasdiqladi.

“Yunusobod tumanidagi  259-sonli umumta’lim maktabida   2023-yil 6-oktyabr kuni taxminan soat 11:10 larda dars jadvali asosida  6-“D" sinfida  4-soat jismoniy tarbiya darsida, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan “Futbol amaliyoti. To‘p bilan harakatlanish” mavzusida dars o‘tayotgan vaqtida,  shu  sinf o‘quvchisi 2011 yil 23 martda tug‘ilgan M.S. ning ko‘krak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yo‘qotgan”, deyiladi rasmiy munosabatda. 

Bildirilishicha, o‘quvchi zudlik bilan tumandagi 7-sonli shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay o‘quvchi M.S. vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S. ga yurakning reflektor to‘xtashi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, yurak gipertrofiyasi va yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod maktab o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing