Toshkentda $578 minglik kripto-aktivni aylantirgan yigit ushlandi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 3219 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qariyb 7 milliard so‘mlik noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganlikda gumonlanayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro umumiy qiymati 578 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgan. Bu mablag‘ qariyb 6 milliard 926 million so‘mni tashkil etadi.
Surishtiruvlar davomida 2009 yilda tug‘ilgan yigit maxsus qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalangan holda noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullanganini bildirgan.
Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda bir dona noutbuk, mobil telefon, ikkita bank plastik kartasi hamda monoblok kompyuter ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qariyb 11 million dollarlik kriptoaktivlarning noqonuniy aylanishini amalga oshirgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi