Toshkentda qariyb 11 mln dollarlik kripto-aktivlarni aylantirgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qariyb 11 million dollarlik kripto-aktivlarning noqonuniy aylanishini amalga oshirgan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2004 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘larni kripto-aktivlarga ayirboshlash orqali ularning kelib chiqish manbasi, haqiqiy egalari va moliyaviy harakat yo‘nalishlarini yashirish bilan shug‘ullanib kelgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, u 10 million 976 ming AQSH dollari miqdoridagi kripto-aktivlarning noqonuniy aylanishini amalga oshirgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining Toshkent shahridagi vaqtincha yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilgan. Natijada bir dona noutbuk, Wi-Fi router, 24 ta mobil telefon hamda 20 ta bank plastik kartasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida noqonuniy kriptoaktiv ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan xorijlik talaba qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing