Jizzaxda 2,6 mlrd sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy aylantirgan yigit uşlandi
3-sahifa
−
09:26 139 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 19 yoşli yigit maxsus platforma orqali 2,6 milliard sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat joriy yilning aprel oyida IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlangan.
.png)
Qayd etilişiça, tekşiruv davomida 2007 yilda Ğallaorol tumanida tuğilgan yigitning Samsung S24 Ultra, iPhone 16 Pro va iPhone 11 rusumli telefonlari közdan keçirilgan. U uşbu qurilmalar orqali maxsus platforma orqali kripto-aktivlar aylanmasi bilan noqonuniy şuğullanib kelayotganligi hamda mazkur qurilmalar orqali qiymati jami 2 milliard 600 million sömga teng bölgan kripto-aktivlarni ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullanib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda 2008 yilda tuğilgan talaba litsenziyasiz kripto-birja faoliyatini yuritib, 64 715 dollarga teng kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oşirgani aniqlangan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr