Toshkentda 5 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida fuqaroni 5 ming AQSH dollari evaziga institutga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 ming AQSH dollari evaziga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, shundan 1000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing