Toshkentda 47 yashar ayol koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
19 iyul 2020
14639O‘zbekiistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu koronavirusdan vafot etgan 85-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 47 yoshli M.K. (ayol)da joriy yil 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi, yurak ishemik kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator disstres sindrom, nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda gipertoniya hamroh kasalligi bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
LiveBarchasi