Toshkentda 40 ming dollarga fuqaroni AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 40 ming dollar evaziga AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berib, u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga 40 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda fuqarolarni AQSHga ishga yuborish uchun 22 ming dollar talab qilgan ota-bola ushlangandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 15 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing