Toshkentda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa

image

Kecha, 26 aprel kuni Toshkentning Yashnobod tumanida to‘rt avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Toshkent viloyatida yashovchi 49 yoshli Qodir A. boshqaruvidagi “ZIL”, Buxoro viloyatida yashovchi 26 yoshli Murodjon X. boshqaruvidagi “KamAZ”, Toshkent viloyatida yashovchi 24 yoshli Asrorjon A. boshqaruvidagi Cobalt va Navoiy viloyatida yashovchi 53 yoshli Eldor R. boshqaruvidagi Spark o‘zaro to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli yuz bergan, oqibatda u Cobalt va “KamAZ”ga borib urilgan, o‘z navbatida Cobalt “ZIL” bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

447

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing