Toshkentda 4 nafar fuqaro janjallashdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 4 nafar fuqaro o‘rtasida janjal yuz berdi. Oqibatda ulardan biri jarohatlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 6 may kuni taxminan soat 14:30 larda Olmazor tumani Talabalar ko‘chasida 3 nafar fuqarolar (D.Sh., X.Q, A.I.) hamda ularning tanishi U.T. o‘rtalarida kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng ular o‘tkir tig‘li jism bilan U.T.ning qo‘liga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 8 nafar shaxs ikki kishini guruh bo‘lib do‘pposlab, pichoqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Toshkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing