Toshkentda 316 mln so‘mlik gazni o‘g‘irlaganlar aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 316,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy binosida fuqaro M.X. ga qarashli binoning noturar qismida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan 2 dona ikki konturli isitish jihozlaridan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 316,5 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexining 8,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing