Samarqandda tadbirkor byudjetga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
3-sahifa
−
12:18 253 1 daqiqa
Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqandda “O‘zenergoinspeksiya” hamda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda tadbirkor T. B. ga qarashli ishlab chiqarish korxonasining gaz tarmog‘iga tegishli hujjatlarsiz va o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 672 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 2 milliard so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.
Live
Barchasi