Qo‘qonda tadbirkor 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi (video)
Jamiyat
−
12:37 477 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot“ AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh bo‘lgan.
Shaharning “Qaymoqli guzar” mahallasida joylashgan, fuqaro I. Z. ga qarashli ovqatlanish maskanida xatlov o‘tkazilganda, iste’molchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 6 milliard so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Bildirilishicha, noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona tumanida ovqatlanish maskani tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr