Toshkentda 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashladi
3-sahifa
−
18 yanvar
18061Kecha, 17 yanvar kuni Toshkent yerusti metrosida 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tungi soat 22:40 larda Qo‘yliq yo‘nalishining “Turon-Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan elektropoyezd “Olmos” metro bekatiga kirib kelayotgan vaqtida bekat platformasida turgan 2006 yilda tug‘ilgan yigit elektropoyezd tagiga o‘zini tashlagan.
Metro bekatida xizmat olib borayotgan naryad xodimlari tomonidan jabrlangan shaxs vagon tagidan tirik holda olib chiqilib, shifoxonaga yuborilgan.
“Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Toshkentda 15 yoshli o‘smirni poyezd urib ketgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

