Toshkentda 17 yashar qizga tegajog‘lik qilishga uringan erkak qamaldi
3-sahifa
−
24 may 2022
15631Toshkentning Yunusobod tumanida 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringan shaxs qamaldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, qizga nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan shaxs 1974 yilda tug‘ilgan Yu.B. bo‘lgan va u ushlangan.
U O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 ("Mayda bezorilik") va 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") bilan javobgarlikka tortilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida 17 yoshli K.M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K.M. qadamlarini tezlatgan va uyi yulagiga yugurib kirgan, erkak xam uning orqasidan kirgan. Shunda qiz baqirib yuborgan, so‘ng erkak noma’lum tomonga qochib ketgan.
LiveBarchasi