Toshkentda 11 oyda avtobus bilan bog‘liq qancha YTH sodir bo‘lgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida avtobuslar bilan bog‘liq 94 ta yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida avtobuslar bilan sodir bo‘lgan 94 ta yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari o‘rganilgan. Shuningdek, ulardan avtobus haydovchilarining aybi bilan sodir etilgan 34 ta yo‘l-transport hodisalarining tahlili hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida haydovchilarga kelgan jarima qarorlari (videolari) aks etgan lavhalar namoyish etilgan.

Bundan tashqari fuqarolar va yo‘lovchilardan kelib tushayotgan tanqidiy murojaatlar ham o‘rganilib, haydovchi va chiptachilarning yo‘nalishda yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lishi, yo‘lovchi tashish qoidalariga qat’iy amal qilish, harakat davomida telefondan foydalanmaslik yuzasidan alohida ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.

“Yig‘ilish so‘nggida yo‘lovchi tashishda namunali xizmat ko‘rsatib, yo‘lovchilarning minnatdorchiligiga va ijobiy fikrlariga sazovor bo‘lgan, avtobuslarda joylashtirilgan maxsus QR-kodlar orqali haydovchining faoliyatiga ijobiy baho berilgan, ya’ni 5 ta yulduzcha orqali baholangan 11 nafar avtobus haydovchisi boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing