Toshkentda 1-sinfga qabul jarayoni osonlashtirildi

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasi sharoitida bolalarni maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to‘planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 6 iyulidan boshlab 2020-2021 o‘quv yiliga qabul qilishning elektron navbat tizimi yaratildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

1-sinf qabuliga navbatga turish internet tarmog‘idagi www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.

Vazirlik tomonidan onlayn navbatga yozilish tartibi batafsil ko‘rsatib berilgan suratli yo‘riqnoma tayyorlangan.

Qayd etilishicha, mazkur tartib sinov tariqasida dastlab Toshkent shahrida amalga oshiriladi. Sinov natijalariga ko‘ra keyingi o‘quv yillaridan boshlab Respublikaning boshqa hududlarida joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, maktablarning 1-sinfiga qabul jarayoni 6 iyul kunidan boshlandi va 31 iyulgacha davom etadi. 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1. Direktor nomiga ariza;
2. Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
3. Ota-onaning pasport nusxalari; 
4. Bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
5. Bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Xalq ta'limi vazirligi qabul

Baholaganlar

270

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing