Toshkentda 1 apreldan isitish tizimi o‘chiriladi
Jamiyat
−
28 mart 2020
5552Joriy yilning 1 aprelidan Toshkent shahrida isitish tizimini o‘chirish boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, issiq suv ta’minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta’minlanishiga barcha choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 2019-2020 yil isitish mavsumi o‘tgan yilning 25 oktyabrida boshlangandi.
LiveBarchasi