Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda
3-sahifa
−
24 iyul
22096Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi.
Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqibatida 65 yoshli M.I. ismli ayol turli xil tan jarohatlari olgan. Holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatining og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
QALAMPIR.UZ'ning boshqa bir manbasiga ko‘ra, ayol Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan biridagi hokim yordamchisining onasi bo‘lgan. Hozirda hokim yordamchisi ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayol nogiron onasini kaltaklagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi