Onasi sirka kislotasi bilan o‘ldirmoqchi bo‘lgan bola sun’iy komaga tushirildi

Olam

−

image

Sankt-Peterburgda onasi sirka kislotasi yordamida o‘ldirishga uringan 12 yoshli bola sun’iy komaga tushirildi. Uning ahvoli og‘ir. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

“Bola sun’iy komaga tushirildi, ahvoli og‘ir”, degan agentlik suhbatdoshi.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Sankt-Peterburg sudlarining qo‘shma matbuot xizmati mahalliy ayol qotillikka suiqasd qilish ishi bo‘yicha ikki oyga hibsga olinganini ma’lum qilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, ayol avval 12 yoshli o‘g‘lining tomog‘iga 70 foizli sirka kislotasini quygan, shuningdek, uning yuziga ham ushbu moddani sepgan. Shundan so‘ng uni ko‘lda cho‘ktirishga uringan.

Biroq bola qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan va yo‘lovchilarning oldiga yetib borgan. Ular tez yordam chaqirgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, bolaning imkoniyati cheklangan. Qayd etilishicha, oilada undan tashqari yana ikki nafar qiz tarbiyalanadi.

Ma’lumot uchun, sirka kislotasi – o‘tkir hidli, rangsiz kimyoviy modda. Uning yuqori konsentratsiyali eritmasi kuchli kimyoviy kuyishlarga olib kelishi, teri, ko‘z va ichki a’zolarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 70 foizli sirka kislotasi hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida yangi tug‘ilgan qizaloq 15 marta pichoqlanib, jami 33 ta jarohat bilan o‘lik holda topilgandi. Chaqaloqni o‘ldirishda ayblanayotgan to‘rt kishi, jumladan, uning 20 yoshli onasi Andrea Skopova sudga tortilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing