Payariqda tiriklayin kömilgan erkak 28 kun komada yotib vafot etdi
3-sahifa
−
16:14 1145 3 daqiqa
Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan şafqatsiz kaltaklangan 32 yoşli erkak şifoxonada 28 kun komada yotganidan keyin vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lumotlarga köra, voqea tumanning Navröz mahallasida sodir bölgan. Uşbu mahallada yaşagan erkak dösti bilan oşxonadan çiqib, uyiga qaytayotgan paytda ularning yölini oq Spark avtomobili tösgan. Maşinadan tuşgan bir guruh şaxslar marhumga taşlanib, uning boşiga armatura bilan zarba bera boşlagan.
Hodisa vaqtida erkakning yonida bölgan dösti uni himoya qilişga va hujum qilganlarning qölidagi armaturani tortib olişga uringan. Biroq u ham tajovuzkorlar hujumiga uçrab, toş bilan kaltaklangan.
“Şerbek bilan oşxonadan çiqib kelayotgan edik. Yölda uyimiz tomonga burilganimizda oq Spark yölimizni tösib töxtadi. Maşinadan qöllarida armatura bilan tuşib, guruh bölib Şerbekning boşiga ura boşlaşdi. Buni körib, maşinadan yugurib tuşdim-da, ularning qölidagi armaturani olişga harakat qildim. Şu payt ular meni ham ura ketdi. Katta-katta toşlar bilan ura boşlaşdi. Qaraganimda, Şerbek asfalt ustida, futbolkasiz, qonga belanib yotgan edi. Uni tepib-urişardi. Simtördan sakrab ötganimda esa Şerbekni maşinaga majburlab tiqişayotgan edi”, deya voqeani eslagan marhumning dösti.
Marhumning akasi ukasini mahalla markazidan taxminan uç kilometr uzoqlikdagi, aholi yaşamaydigan hududga olib ketganini aytgan. Erkak öşa joydan oğir ahvolda topilgan.
“Ukamni birinçi marta körganimda, uni vafot etgan deb öyladim. Atrofida beton parçalari va sim yotardi. Böynining yuqori qismi kökarib ketgan, böğilgani sezilib turardi. Biroq öpkasidan ovoz eşitilgaç, u hali hayot ekanini anglab, umid qildim. Şundan söng, uni maşinaga joylab olib ketdim”, degan marhumning akasi.
Akaning aytişiça, ukasining boşiga köp marta zarba berilgan. Oqibatda uning peşonasi va boşining yon qismlari şişib ketgan. U, şuningdek, ukasini şunçaki kaltaklab, tan jarohatlari bilan taşlab ketişmaganini, uni odamlardan uzoq joyga olib borişganini bildirgan.
“Agar uni şunçaki urib, katta yöl yoqasida qoldirişganida, ehtimol, kimdir yordam bergan bölardi. Ammo uni ovloq joyga olib borib, kömişgan. Kömilgan paytida havo yetişmay, u örnidan turgan. Şundan keyin yana sim bilan böğişgan, boşiga esa armatura va beton bilan zarba berişgan”, deydi marhumning akasi.
Turmuş örtoğining ma’lum qilişiça, oğir jarohatlar olgan va tanib bölmas darajaga kelgan eri 28 kun davomida komada yotgan.
Hozirça janjalga nima sabab bölgani noma’lum.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Gumondorlar uşlanib, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 may kuni Surxondaryo viloyatidagi Denov tibbiyot kollejida bölib ötgan kuraş musobaqasi davomida kuraşçi polvon piçoqlab, öldirilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq polvonni hammaning köz öngida öldirgan şaxs 18 yilga qamaldi.
Live
Barchasi