Peterburgda harbiy xizmatçi maşinasida portlatildi (video)
Olam
−
12:27 1382 2 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Sankt-Peterburgning Puşkin tumanida avtomobil portlaşi oqibatida harbiy xizmatçi halok böldi. Hodisa ortidan qotillik fakti böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Tergov qömitasining Peterburg boşqarmasi xabar berdi.
“Rossiya Tergov qömitasining Sankt-Peterburg şahri böyiça Boş tergov boşqarmasi tergov organlari tomonidan Puşkin tumanida avtomobil portlaşi oqibatida harbiy xizmatçining öldirilişi fakti böyiça jinoyat işi qözğatildi”, deyiladi xabarda.
“78.ru” ma’lumotlariga köra, avtomobil hovlidan çiqib ketayotganda portlagan, haydovçi halok bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlovçi qurilma avtomobilning tag qismiga mahkamlangan va masofadan turib harakatga keltirilgan.
“Fontanka”ning yozişiça, Kolpino şossesi va Polotsk köçasi kesişmasidan harakat tösib qöyilgan. Naşrning Sankt-Peterburg davlat muassasasi – “Taşuvlar taşkilotçisi”ga tayanib xabar berişiça, beşta avtobusning yönalişi özgartirilgan. U yerda Polotsk köçasidan Turov köçasigaça bölgan qism yopilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Moskva viloyatining Balaşixa şahrida yuz bergan portlaş oqibatida general-leytenant Damir Davidov halok bölgandi. U Rossiya Mudofaa vazirligida frontga raketa va artilleriya öq-dorilarini yetkazib beriş uçun javobgar ofitser bölgan.
Live
Barchasi