Özbekistonda Xitoy avtomobillari savdosi qariyb 50 foizga oşdi
Bu qiziq
−
17:03 888 1 daqiqa
Joriy yilning oktyabr oyida Özbekistonda 36 176 dona yangi avtomobil sotildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 12 foizga kam, biroq sentyabr körsatkiçidan 6,3 foizga köp. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni böyiça yangi avtomobillarning umumiy sotuv hajmi 318 ming 949 donani taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming 257 dona avtomobilga yoki 6,5 foizga kamaygan.
Bozorning asosiy tendensiyalaridan biri Xitoy avtomobil brendlarining mavqeyini mustahkamlaş bölib qolmoqda. Yanvar-oktyabr oylari yakunlariga köra, ularning umumiy uluşi 2025 yilning şu davriga nisbatan 6,8 foiz punktiga oşib, 18,4 foizga yetgan. Şu bilan birga, avtomobil bozorining umumiy qisqarişiga qaramay, Xitoy avtomobillari sotuvi 48,2 foizga oşgan.
Hududlar kesimida ön oyda eng köp yangi avtomobillar Toşkent şahri (92 567 dona), Samarqand (25 899) va Farğona (25 132) viloyatlarida sotilgan. Eng kam sotuv hajmi Qoraqalpoğiston Respublikasi (9 384) va Sirdaryo viloyatida (4 952) qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda jismoniy şaxslarga tegişli avtotransport vositalari soni 5 million donaga yaqinlaşgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi