O‘zbekistonliklarda qancha avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 5 million donaga yaqinlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul holatiga jismoniy shaxslarga tegishli jami 4 mln 982 ming 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi, 4 mln 618 ming 719 ta yoki jami avtotransport vositalarining qariyb 92,7 foizi.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tarkibida:

  • yengil avtomobillar – 4 618 719 ta;
  • yuk avtomobillari – 343 375 ta;
  • mikroavtobuslar – 7 508 ta;
  • maxsus transport vositalari – 7 128 ta;
  • avtobuslar – 5 786 ta.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport vositasi Toshkent shahrida – 637 ming 706 ta qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati – 573 ming 472 ta, Samarqand viloyati – 563 ming 072 ta, Toshkent viloyati – 476 ming 148 ta va Qashqadaryo viloyati – 457 ming 457 ta turibdi. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida – 110 ming 122 ta bo‘lib, Toshkent shahridagi avtomobillar soni Sirdaryodagi ko‘rsatkichdan qariyb 5,8 barobar ko‘p.

Avtotransport vositalari hududlar bo‘yicha quyidagicha qayd etilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 220 882 dona;
  • Andijon viloyati – 381 421 dona;
  • Buxoro viloyati – 309 391 dona;
  • Jizzax viloyati – 145 392 dona;
  • Qashqadaryo viloyati – 457 457 dona;
  • Navoiy viloyati – 156 745 dona;
  • Namangan viloyati – 336 810 dona;
  • Samarqand viloyati – 563 072 dona;
  • Surxondaryo viloyati – 325 980 dona;
  • Sirdaryo viloyati – 110 122 dona;
  • Toshkent viloyati – 476 148 dona;
  • Farg‘ona viloyati – 573 472 dona;
  • Xorazm viloyati – 287 918 dona;
  • Toshkent shahri – 637 706 dona.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 903 mingdan ziyod avtotransport vositalari ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing