O‘zbekistonliklarda qancha avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
14:58 1768 2 daqiqa
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 5 million donaga yaqinlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul holatiga jismoniy shaxslarga tegishli jami 4 mln 982 ming 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi, 4 mln 618 ming 719 ta yoki jami avtotransport vositalarining qariyb 92,7 foizi.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari tarkibida:
- yengil avtomobillar – 4 618 719 ta;
- yuk avtomobillari – 343 375 ta;
- mikroavtobuslar – 7 508 ta;
- maxsus transport vositalari – 7 128 ta;
- avtobuslar – 5 786 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport vositasi Toshkent shahrida – 637 ming 706 ta qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati – 573 ming 472 ta, Samarqand viloyati – 563 ming 072 ta, Toshkent viloyati – 476 ming 148 ta va Qashqadaryo viloyati – 457 ming 457 ta turibdi. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida – 110 ming 122 ta bo‘lib, Toshkent shahridagi avtomobillar soni Sirdaryodagi ko‘rsatkichdan qariyb 5,8 barobar ko‘p.
Avtotransport vositalari hududlar bo‘yicha quyidagicha qayd etilgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 220 882 dona;
- Andijon viloyati – 381 421 dona;
- Buxoro viloyati – 309 391 dona;
- Jizzax viloyati – 145 392 dona;
- Qashqadaryo viloyati – 457 457 dona;
- Navoiy viloyati – 156 745 dona;
- Namangan viloyati – 336 810 dona;
- Samarqand viloyati – 563 072 dona;
- Surxondaryo viloyati – 325 980 dona;
- Sirdaryo viloyati – 110 122 dona;
- Toshkent viloyati – 476 148 dona;
- Farg‘ona viloyati – 573 472 dona;
- Xorazm viloyati – 287 918 dona;
- Toshkent shahri – 637 706 dona.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 903 mingdan ziyod avtotransport vositalari ro‘yxatga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi