Toshkentda haydovchilar yo‘l talashib mushtlashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Qo‘yliq hududida bir guruh shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani, alkogol ta’sirida bo‘lgan bir necha shaxslar bir ayol va bolani kaltaklagani haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Hokimlikka ko‘ra, mazkur hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni sodir bo‘lgan.

20 yashar fuqaro X.V. o‘z tanishlari – M.B. va M.A.lar bilan Spark mashinasida Munis ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Qo‘yliq 5-dahasiga ketayotganlarida, 34 yoshli A.B. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan yo‘l talashishi oqibatida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Spark'dagi yo‘lovchilar - M.B. va M.A. hamda Nexia-3 haydovchisi A.B. va uning sherigi 21 yoshli Yu.M. o‘zaro janjallashib qolgan.

Voqea Spark haydovchisi – X.V. tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchilaridan biri – M.B. Toshkent Davlat stomatologiya klinikasiga murojaat qilgan. Shifokorlar tomonidan fuqaroga yuqori lab sohasi ezilishi va yirtilishi, shuningdek, chap yonoq sohasining shilinishi tashxisi qo‘yilgan.

Janjalda ishtirok etgan qolgan fuqarolar tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro bilan janjallashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made